Allamjonov va Asadov Turkiyaga bordi
Jamiyat
−
30 noyabr 2023
5675O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov va Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov Turkiyaga borib, Turkiya Prezidenti huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Altun ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Ikki davlat delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kommunikatsiya, media va axborot sohalarida hamkorlikning salohiyatli yo‘nalishlari muhokama qilingan.
Altun Allamjonov va Asadovga tashrifi uchun minnatdorlik bildirib, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar har bir sohada bo‘lgani kabi media va kommunikatsiya sohasida ham muvaffaqiyatga erishish tamoyili asosida kuchli va malakali hamkorliklar bilan chuqurlashishda davom etishiga umid bildirgan.
Ushbu tashrif va uchrashuv haqida O‘zbekiston tomoni axborot berganicha yo‘q.
LiveBarchasi