Erdo‘g‘anning raqibi Turkiya Rossiyaga qaram bo‘lishidan xavotirlanyapti
Olam
−
25 may 2023
5342Turkiyada gaz xabi loyihasining amalga oshirilishi mamlakatning Rossiyaga energetik qaramligini hozirgi 30-40 foizdan 70-80 foizga oshiradi. Bu haqda prezidentlikka muxolifatdan yagona nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li “BaBaLa TV” YouTube kanali savollariga javob berar ekan, aytib o‘tdi.
Turkiya iqtisodiyotining shisha, alyumin, neft-kimyo sanoati va boshqa tarmoqlarining texnologik infratuzilmasi Rossiyaning ko‘magida yaratilganini eslatgan Kilichdoro‘g‘li, “Moskva bilan yaxshi munosabatlarga e’tirozim yo‘q” dedi.
Biroz o‘tib u Rossiya bilan gaz xabini yaratish bo‘yicha kelishuvga to‘xtalgan.
“Agar hozir Turkiya energiya resurslarida unga (Rossiya – tahr.) 30-40 foiz qaram bo‘lsa, u holda markaz yaratish loyihasi amalga oshirilishi bilan bu qaramlik 70-80 foizgacha oshadi, keyin esa butunlay qaram bo‘ladi”, deydi u.
Qilichdoro‘g‘li gaz markazini yaratishga muqobil ravishda Yevropaga Sharqiy O‘rtayer dengizidan gaz yetkazib berishni taklif qildi.
“Bu gaz narxini pasaytiradi va biz [hokimiyatga kelsak] buni qilamiz”, deydi u.
Ma’lumot uchun, 2022 yil oktyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya hududida “Shimoliy oqim” orqali yo‘qolgan tranzit hajmi qayta yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan markaz yaratish g‘oyasini ilgari surdi. Uning tushuntirishicha, gap, agar ular bundan manfaatdor bo‘lsa, boshqa quvurlar tizimini qurish va Turkiyada uchinchi davlatlarga, birinchi navbatda, Yevropaga gaz yetkazib beriladigan markaz yaratish imkoniyati haqida ketmoqda. Turkiya bu tashabbusga ijobiy munosabatda bo‘ldi va o‘z hududida xab va gaz savdo markazi yaratish uchun infratuzilmaning muhim qismi tayyor ekanini bildirdi. Anqara, shuningdek, markaz faoliyatining huquqiy asoslarini ta’minlash uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish jarayonini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kamol Qilichdoro‘g‘li Rossiyani Turkiyadagi prezidentlik saylovi arafasida ijtimoiy tarmoqlarda soxta materiallar tarqatganlikda, shuningdek, saylov jarayonlariga aralashuvda ayblagandi. Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa uning ayblovini qat’iyan rad etib, bunday ma’lumotlar yolg‘onchilar tomonidan tarqatilayotganini ta’kidladi.
LiveBarchasi