Erdo‘g‘anning kuyovi Japarovga dron maketini sovg‘a qildi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi,  Baykar Technology kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Selchuk Bayroqdor Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga qanotlarida “Manas” dostonining muhim lahzalari tasvirlangan Akinci uchuvchisiz uchish apparati maketini topshirdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 9 oktyabr kuni Japarov Bayroqdorni qabul qildi. Uchrashuvda harbiy-texnikaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va mudofaa sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Japarov Baykar Technology kabi ilg‘or xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston mudofaa qobiliyatini oshirish, milliy harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, Selchuk Bayroqdor Baykar Technology kompaniyasi Qirg‘iziston bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidlab, chegara xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarning oldini olish uchun samarali to‘xtatuvchi vosita yaratish muhimligini aytgan.

Uchrashuvda Prezident Sadir Japarov Qirg‘iziston Respublikasining mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Selchuk Bayroqdorni “Dank” ordeni bilan taqdirladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Qirg'iziston dron Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made