Erdo‘g‘anning kuyovi “Forbes”ning milliarderlar reytingiga kirdi
Olam
−
04 aprel
11183Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kuyovi, Baykar Teknoloji kompaniyasining 44 yoshli egasi Selchuk Bayroqdor “Forbes” ro‘yxatiga kiritildi.
Nashrning yangi ro‘yxatiga ko‘ra, u Turkiyaning 27 milliarderidan biri sanaladi. Bayroqdorning kompaniyasi Bayraktar uchuvchisiz samolyotlarini ishlab chiqaradi.
Reytingda Selchukning akasi Haluk Bayroqdor ham kiritildi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Selchuk Bayroqdor 1,2 milliard dollar kapital bilan 2410-o‘rinni, Haluk Bayroqdor 1,1 milliard dollar bilan 2545-o‘rinni egalladi.
Selchuk Baykar aksiyalarining 52,5 foiziga egalik qiladi. U direktorlar kengashini boshqaradi va texnik direktordir. 2016 yilda u Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning qizi Sumaya Erdo‘g‘anga uylangan. Haluk esa kompaniya aksiyalarining 47,5 foiziga egalik qiladi. U Bosh direktor lavozimini egallagan.
Kompaniya 1984 yilda otasi O‘zdemir Bayroqdor tomonidan asos solingan va ko‘p yillar davomida faqat Turkiya avtomobil sanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqargan. 2000 yillarda u dronlarni ishlab chiqarishni boshladi.
Baykar’ning xorijda talab katta bo‘lgan eng mashhur mahsuloti Bayraktar dronidir. 2023 yilda Baykar Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqdagi qator hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar tufayli eng yirik mudofaa yetkazib beruvchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq "The Wall Street Journal" nashri Selchuk Bayroqdor Turkiya prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkinligini yozgandi.
LiveBarchasi