Erdo‘g‘an Zelenskiy bilan muhim masalalarni gaplashib oldi

Olam

image

Bugun, 12 avgust kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

“Men Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan suhbatlashdim. Bizning muloqotlarimiz doimo do‘stona va mazmunli bo‘ladi, Turkiyaning xalqimizga bo‘lgan samimiy va iliq munosabatini chuqur his qilamiz va qadrlaymiz”, deya yozgan Ukraina rahbari. 

Qolaversa, Zelenskiy Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani, shuningdek, Istanbulda Rossiya tomonlari bilan uchrashuvlarda Turkiyaning vositachilik roli uchun minnatdorlik bildirgan.

“Mavjud diplomatik vaziyat va u ochib berayotgan imkoniyatlarni muhokama qildik. Prezident Erdo‘g‘an Ukrainasiz o‘tkazilgan hech qaysi muzokara barqaror tinchlik keltirmasligini aniq aytdi. Biz barcha xavf va tahdidlarni bir xil tushunamiz. Soxtalashtirilgan, chinakam bo‘lmagan tinchlik uzoqqa cho‘zilmaydi va Rossiyani yanada ko‘proq hududlarni bosib olishga undaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy. 

Shuningdek, u Erdo‘g‘anga qotilliklarni to‘xtatish va urushni tugatish uchun har qanday uchrashuv formatiga tayyor ekanini aytgan. Erdo‘g‘an esa o‘z mamlakati Ukraina, AQSH, Rossiya va Turkiya yetakchilarining sammitini tashkil etishga tayyorligini bildirgan. 

“Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ukraina tayyorlayotgan eng yuqori darajadagi tadbirlar haqida gaplashdik. Turkiyaning ishtirokini ta’minlash ustida birgalikda ishlayapmiz”, deya yozgan Zelenskiy. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Narimon Jalol “RBK-Ukraina”ga bergan intervyusida Ukrainada Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning tashrifiga hozirlik ko‘rilayotgani haqida aytgandi. Erdo‘g‘anga shaxsiy taklifni Prezident Vladimir Zelenskiy yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing