Erdo‘g‘an yopiq eshik ortida Merkel bilan “sirlashdi”

Olam

image

Bugun, 14 iyun kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Belgiya poytaxti Bryusselda NATO sammiti doirasida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv NATO bosh qarorgohida yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan. Unda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu va Mudofaa vaziri Xulusi Akar qatnashdi.

Bugun, 14 iyun kuni Bryusselda Shimoliy atlantika alyansining sammiti o‘tkaziladi. Sammit ikki yilda bir chaqiriladi. Bu safar davlat rahbarlari harbiy blokning butun boshli 10 yilga mo‘ljallangan maqsadlarini tasdiqlab olishlari rejalashtirilgan.

Bu Jo Baydenning AQSH Prezidenti sifatida ishtirok etayotgan birinchi NATO sammiti. Sammitning asosiy mavzulari qatoridan Rossiyaning tajovuzkor harakatlari va Xitoyning kuchayishi sabab xalqaro xavfsizlik sohasida yuz bergan o‘zgarishlar joy olgan.

Shuningdek, tadbir kun tartibida “NATO-2030” islohotlari dasturi va iqlim o‘zgarishi, terrorizm, kiberhujumlar, shuningdek yangi texnologiyalar bilan bog‘liq tahdidlar mavjud.

Avvalroq, Erdo‘g‘an NATO sammiti doirasida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokara o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Angela Merkel'

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing