Erdo‘g‘an Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashdi (video)
Olam
−
12 iyul
6198Kecha, 11 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Uchrashuvda Zelenskiy Erdo‘g‘an bilan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushning borishi, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilgan. Erdo‘g‘an urushning adolatli tinchlik bilan tugashi uchun sa’y-harakatlarini davom ettirayotganini aytgan. Shuningdek, Turkiya rahbari tinchlik uchun har qanday tashabbusga tayyor ekanligini bildirgan.
Erdo‘g‘an, o‘z navbatida, Ukrainaning fuqarolarini vataniga qaytarish borasidagi sa’y-harakatlarini qayd etdi. U, ayniqsa, qrimtatarlarning qaytishini olqishlab, bu bo‘yicha Kiyev qilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirgan.
“Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan samarali uchrashuv o‘tkazdim. Men uning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorman. Tinchlik sammiti qarorlarini amalga oshirish doirasida Turkiyada oziq-ovqat xavfsizligi va navigatsiya erkinligi bo‘yicha konferensiya o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, deya yozgan Zelenskiy o‘z Facebook sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO sammitida 24 davlat yetakchilari “Ukraina shartnomasi”ni imzolagani haqida xabar qilingandi.
LiveBarchasi