Erdo‘g‘an va To‘qayev tennis o‘ynashdi
Olam
−
11 may 2022
7370Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ilk bor davlat tashrifi bilan Turkiyaga borgani haqida xabar bergan edik.
Tashrifning birinchi kunida o‘tkazilgan yakkama-yakka uchrashuvlar va hujjatlarni imzolash marosimidan so‘ng, Erdo‘g‘an To‘qayevni madaniy hordiqqa taklif qilgan. Prezidentlar stol tennisida bellashishni ma’qul ko‘rgan.
Davlat rahbarlarining tennis o‘ynayotgani aks etgan suratlar mahalliy matbuotda kun tartibiga chiqdi.
Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbari lavozimini egallagan 2019 yilning mart oyidan buyon ilk bor davlat tashrifi bilan Turkiyaga bordi. Bungacha ushbu mamlakat bilan muloqotni Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev davom ettirgan.Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari yig‘ilishlarida ham Qozog‘iston nomidan Nursulton Nazarboyev qatnashgan. 2021 yilning noyabr oyida Istanbulda o‘tgan sammitda esa birinchi bor Qosim-Jomart To‘qayev ko‘rinish berdi.
Turkiya Qozog‘istonda sodir bo‘lgan yanvar voqealaridan keyin Nazarboyevni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlab chiqqan yagona mamlakat bo‘ldi. Hatto. Nazarboyev joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan "Antaliya diplomatik forumi"ga ham taklif qilindi va Prezident Erdo‘g‘an bilan Qozog‘iston bayrog‘i ostida muzokaralar o‘tkazdi.
LiveBarchasi