Erdo‘g‘an va Putin Ukrainadagi so‘nggi voqealarni muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 7 oktyabr kuni telefon orqali suhbatlashdi, unda Ukrainadagi so‘nggi voqealar muhokama qilindi.

“Suhbat chog‘ida Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishiga hissa qo‘shadigan masalalar hamda [Ukrainadagi] so‘nggi voqealar muhokama qilindi. Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Ukraina muammosini barcha tomonlar manfaati uchun tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘lini izlashga hissa qo‘shishga tayyorligini tasdiqladi”, deydi Turkiya Prezidenti devonxonasi jurnalistlarga.

Ayni paytda, Erdo‘g‘an Ukrainada “eng yomon tinchlik” o‘rnatilishi “urush davom etishi”dan yaxshiroq bo‘ladi, degan fikrni bildirgan.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun Turkiya qo‘lidan kelgan barcha ishni bajarishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing