Erdo‘g‘an o‘zini ancha yaxshi his qilayotganini aytdi
Olam
−
29 aprel 2023
5388Bugun, 29 aprel kuni Istanbuldagi TEKNOFEST festivalida qatnashgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ayni damda o‘zini ancha yaxshi his qilayotganini aytdi. Bu haqda “CNN Turk” xabar berdi.
“Xudoga shukur, endi ahvolim ancha yaxshi”, degan Erdo‘g‘an jurnalistlarning uning sog‘ligi haqidagi savoliga javob berar ekan.
Shuningdek, u OAV xodimlariga “ko‘proq ishlashini” aytgan. Ta’kidlanishicha, tez orada Erdo‘g‘an Izmirda katta saylovoldi mitingini o‘tkazishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq jonli efir paytida Turkiya rahbarining ahvoli yomonlashgandi. Shundan so‘ng ijtimoy tarmoqlar va ba’zi OAVda Erdo‘g‘an miokard infarktini boshidan o‘tkazgani haqida habarlar tarqaldi. Rasmiy Anqara esa bunday xabarlarni rad etdi. 27 aprel kuni esa u “Oqquyu” atom elektr stansiyasining yadroviy yoqilg‘i yetkazib berish marosimida videoaloqa orqali qatnashdi. Bugun, 29 aprel kuni yesa Erdo‘g‘an ozarbayjonlik mavqedoshi bilan birga Istanbuldagi festivalda ishtirok etish uchun birinchi turk elektromobilida tadbir bo‘layotgan joyga yetib keldi.
LiveBarchasi