Erdo‘g‘an Ukrainadagi urushning tez orada tugashiga ishonmasligini aytdi (video)
Olam
−
23 Sentabr 2025 3469 2 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ukrainadagi urush tez orada tugashiga ishonmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Men bunga unchalik ishonmayman”, deydi Erdo‘g‘an jangovar harakatlarni tugatish istiqbollari haqidagi savolga javoban.
Shu bilan birga, u Anqara Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik rolidan voz kechmasligini ma’lum qilgan. Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Alyaskada AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarni muhokama qilgan. Shuningdek, Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralarini qayta tiklash imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan va Vladimir Putin buni inkor etmagan.
Bundan tashqari, “Anadolu”ning yozishicha, intervyuda Erdo‘g‘an Isroilni G‘azoda “to‘liq genotsid” sodir etayotganlikda ayblab, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni odam o‘ldirishda bevosita javobgar deb atagan.
“Buni boshqacha tushuntirish mumkin emas deb o‘ylayman. Bu to‘liq genotsid. Bu genotsidni Netanyaxu sodir etmoqda. Netanyaxu, afsuski, ushbu genotsid orqali o‘n minglab odamlarni shafqatsizlarcha o‘ldirdi”, deydi Erdo‘g‘an.
Mojaroning tugash istiqbollari haqida gapirar ekan, Erdo‘g‘an yana bir bor bunga shubha qilishini bildirgan.
“Ehtimol, siz eslarsiz, (AQSH Prezidenti Donald Tramp) shunday degandi: “Men Rossiya va Ukraina urushini tugataman”. U tugadimi? U hanuz davom etmoqda. Xuddi shunday u: “Men G‘azodagi urushni tugataman” degandi. U tugadimi? Yo‘q”, deydi Turkiya Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rajab Toyib Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda BMT doirasida o‘tkazilgan “Falastin masalasiga yechim topish va ikki davlatli yechimni amalga oshirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqida Falastin davlati tinchklikka erishib, to‘laqonli mustaqil bo‘lmaguncha, Turkiya kurashishda davom etishini aytgani haqida xabar berilgan edi. Erdo‘g‘an o‘z chiqishida Falastin davlatini tan olgan mamlakatlarni tabriklab, bu qaror ikki davlatli yechimni tezlashtirishini ta’kidlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025