Erdo‘g‘an “Tolibon”ni Afg‘onistonda bosqinchilikni to‘xtatishga chaqirdi

Olam

image

“Tolibon” harakati Turkiya Qobul aeroportining xavfsizligini ta’minlashiga qarshi emas. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istambuldagi matbuot anjumanida shunday fikr bildirdi.

“Tolibon” Turkiyani Afg‘onistonda ko‘rishni istamasligi haqida bayonot bo‘lmagan. Ushbu masala bo‘yicha “Tolibon” Turkiya ma’muriyatining pozitsiyasini juda yaxshi bilishadi. Bizning ma’lum rejalarimiz bor va ularga sodiq qolamiz. “Tolibon” bilan muzokaralar olib boramiz, degan umiddamiz”, degan Erdo‘g‘an.

Bundan tashqari, u “Tolibon”ning “hududlarni egallab olish harakatlari”ni noto‘g‘ri deb atadi va ularga chek qo‘yishga chaqirdi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda.

Turkiya AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etishi fonida Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirishi ortidan “Tolibon” harakati rasmiy Anqarani ogohlantirdi. Harakat Turkiya Afg‘onistonga qo‘shin joylashtirishi mumkin emasligini ta’kidlamoqda.

“Dawn” nashrining “Tolibon” bayonotiga tayanib xabar berishicha, Turkiyaning bunday qarori “shoshqaloqlik” va mamlakat “suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadi” hamda uning milliy manfaatlariga ham zid.

"Tolibon" rahbarlari “Afg‘onistonda xorijiy kuchlarning borligi, mamlakat nomidan qat’i nazar, tajovuzkorlik ekanligini va uzurpatorlarga 1500 afg‘onistonlik olimlar bergan fatvo asosida muomala qilinishini” ta’kidladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Tolibon

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing