Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagini tezda ma’qullamoqchi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish da’vosini tasdiqlash jarayoni tez yakunlanishini kutayotganini aytdi. Bu haqda u bugun, 12 iyul kuni Vilnyusdagi NATO sammitidan keyingi yakuniy matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni tez yakunlanishini istaydi, biroq taklifni muhokama qilishi kerak bo‘lgan mamlakat parlamenti hozir yopiq. 

"Shvetsiya rasmiylari bizga taqdim etayotgan yo‘l xaritasi bor. Shundan so‘ng biz uni parlamentga taqdim etamiz. Hozir parlamentimiz yopiq. U ochilganda, men ishonchim komilki, spiker ushbu hujjatni kun tartibidagi ustuvor masalalarga qo‘yadi”, degan Erdo‘g‘on matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 iyul kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi yozgi ta’tilga chiqqan. Parlament faoliyatini 1 oktyabr kuni boshlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqi Turkiyani YeIga to‘laqonli a’zo qilish uchun harakat qilsa, Anqara Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. Shundan so‘ng NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga intilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Prezident Jo Bayden Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya Shvetsiya Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing