Erdo‘g‘an Samarqandda Putinga Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishni taklif qiladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda unga yana Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qiladi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.

“Erdo‘g‘an va Putin uchrashuvining eng muhim mavzusi Ukrainadagi vaziyat bo‘ladi. Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbiga Turkiyaning vositachilik tashabbuslari orqali urushni tugatish va barqaror o‘t ochishni to‘xtatish uchun barcha urinishlarini davom ettirishini yetkazadi. Liderning Turkiyada uchrashishi taklifini Putinga qayta eslatadigan Prezident Erdo‘g‘an, diplomatik yechimga urg‘u beradi. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvida Suriyaga qarshi ehtimoliy harbiy operatsiya ham kun tartibidan o‘rin olishi kutilmoqda”, deb yozadi “Hurriyet”.

Shuningdek, Turkiya va Rossiya Federatsiyasi rahbarlarining bo‘lajak shaxsiy uchrashuvida kun tartibidagi asosiy masalalardan biri “don yo‘lagi”ning faoliyat ko‘rsatishi bo‘lishi ochiqlangan. Bu masalani ikki Prezident ham muhokama qilmoqchiligini tasdiqlagan.

7 sentyabr kuni Putin Vladivostokda bo‘lib o‘tgan Sharqiy iqtisodiy forum sessiyasida Rossiya g‘alla bo‘yicha kelishuv Yevropadagi emas, jahon bozorlaridagi vaziyatni yaxshilashga qaratilganini borasida qat’iy pozitsiyada ekanini aytgandi. U mahsulotlar muhtoj mamlakatlarga yuborilmayotgani uchun Erdo‘g‘an bilan Ukrainadan Yevropaga g‘alla va oziq-ovqat eksportini cheklash imkoniyatini muhokama qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.

Kelishuv kuchga kirganidan keyin avgust oyida Ukraina portlaridan 1,67 million tonnadan ortiq oziq-ovqat eksport qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing