Erdo‘g‘an Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini baholadi
Olam
−
19 yanvar 2022 15610 2 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini real yondashuv deb hisoblamaydi. Bu haqda u Albaniyaga tashrifi chog‘ida jurnalistlarga gapirgan.
Erdo‘g‘anga ko‘ra, Ukraina inqirozini Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilish zarur.
“Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini men real yondashuv deb hisoblamayman. Chunki Ukraina oddiy davlat emas. Ukraina kuchli davlat. Qolaversa, Rossiya bu qadamni qo‘yishi uchun butun dunyodagi va o‘z vaziyatini qayta ko‘rib chiqishi kerak. Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Ukrainada bo‘ldi. Endi men u bilan gaplashaman. Albatta, janob Putin bilan ham bu masalalarni muhokama qilishimiz kerak”, degan Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 14 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ukrainaga borgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya G‘arbda Ukrainaga nisbatan o‘ziga xos tajovuzkor rejalarni inkor etmoqda. Biroq uning NATOga qo‘shilish imkoniyatini “qizil chiziqlar”dan tashqariga chiqish deb biladi hamda Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilaridan bunday bo‘lmasligi uchun kafolat talab qilmoqda.
O‘tgan haftada Rossiya G‘arb davlatlari bilan Ukraina atrofidagi vaziyat va Yevropa xavfsizligi bo‘yicha uchta muzokara o‘tkazdi. Jeneva, Bryussel va Venadagi uchrashuvlar tomonlarning NATOni kengaytirish masalasiga yondashuvlaridagi farqni tasdiqladi va aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarsiz yakunlandi.
Live
Barchasi