Erdo‘g‘an Rossiyaga uchib ketdi, u Putin bilan yakkama-yakka suhbatlashadi

Olam

image

Bugun, 5 mart kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi. Prezident Erdo‘g‘an o‘tirgan samolyot allaqaqachon Moksvaga yo‘lga chiqqaniga qaramay, haligacha yetib kelgani yo‘q. 

Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Vladimir Putin o‘rtasida yakkama-yakka uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. So‘ng ikki mamlakat rahbarlari ishtirokida keng doirada yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. 

Ayni vaqtda Turkiya va Rossiya Prezidentlarining uchrashuvi butun dunyo diqqat markazida turibdi. Uchrashuvda davlat rahbarlari Idlib bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda.

Prezident Erdo‘g‘anning bir necha kun avval qayd etganidek, ushbu uchrashuvda Idlibdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha sulh imzolanishini kutilmoqda. 

Idlibda Turkiya "Bahor qalqoni" deb nomlangan operatsiya o‘tkazmoqda . Mintaqadagi vaziyat esa kundan kunga jiddiylashib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing