Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Bishkekka bordi (video)
Olam
−
05 noyabr
3934Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 4 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga yetib bordi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Bishkek shahridagi “Manas” xalqaro aeroportida Turkiya rahbari va birinchi xonim Emina Erdo‘g‘anni Prezident Sadir Japarov kutib olgan.
Tashrif doirasida Qirg‘iziston va Turkiya rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari, shuningdek, ular raisligida strategik hamkorlik bo‘yicha Oliy kengashning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish va davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tomonlar qirg‘iz-turk hamkorligiga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladi.
6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 11-sammitida Turkiya Prezidenti ham ishtirok etadi.
LiveBarchasi