Erdo‘g‘an Putinning maqtoviga javob qaytardi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya rahbari Vladimir Putinni va’dasida turadigan halol inson deb biladi. Bu haqda TASS agentligi yozmoqda.

“Men janob Putin bilan uchrashganimda uni mard inson sifatida tanidim. U haqiqatan ham adolatli odam”, deydi Turkiya Prezidenti.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Rossiya va’dalarini bajaradigan noyob mamlakatga aylangani, u bilan mustahkam aloqalar o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlagan.

“Biz Rossiya bilan oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz tomon ishonch bilan boryapmiz va bundan keyin ham shunday davom etishimizga ishonaman”, deya qo‘shimcha qildi Prezident Erdo‘g‘an.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni “u bir so‘zli erkak” deb maqtagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Putin Erdo'g'an

Baholaganlar

652

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing