Erdo‘g‘an Putinni Ukraina masalasida muzokaralarni jonlantirishga chaqirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish uchun muzokaralarni jonlantirish zarurligini bildirdi. Bu haqda Turkiya Prezidentining idorasi xabar berdi.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Rossiya–Ukraina mojarosining cho‘zilishi xavfni kuchaytiradi. Shuning uchun diplomatik muzokaralarni jonlantirish kerak.

 “Prezident Erdo‘g‘an Turkiyadagi Rossiya va Amerika razvedka xizmatlari rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar joylardagi nazoratsiz eskalatsiyalarning oldini olishda muhim rol o‘ynaganini aytdi”, deyiladi xabarda. 

Muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlari Turkiyada gaz markazini yaratish, don bo‘yicha kelishuvni uzaytirish masalasini gaplashgan. Shuningdek, Rossiya Tashqi razvedka xizmati va Markaziy razvedka boshqarmasi rahbarlari o‘rtasidagi aloqalar ham muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing