Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashish uchun Sochiga uchib ketdi
Olam
−
04 Sentabr 2023
5533Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Istanbuldan Sochiga uchib ketdi. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar berdi.
"Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Putin bilan muzokaralar uchun uchib ketdi. Samolyot 10:50 (Toshkent vaqti bilan 12:50) da havoga ko‘tarildi", deyiladi xabarda.
Bugun, 4 sentyabr kuni tushda Putin va Erdo‘g‘an Sochida uchrashadi. Bu ularning deyarli bir yillik tanaffusdan keyingi ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi. Prezidentlar Qora dengizdagi don bitimi atrofidagi vaziyat, Moskva va Kiyev o‘rtasida mahbuslar almashinuvi masalasi, Rossiya gazini Turkiya hududi orqali Yevropaga tashish loyihasini, shuningdek, Suriya va Ukrainadagi urushni muhokama qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz mamlakat yetakchisining Rossiyaga tashrifi chog‘ida respublika prezidenti vazifasini bajarishi aytilgandi.
LiveBarchasi