Erdo‘g‘an Prezident ekan elchimiz Anqaraga qaytmaydi – Isroil TIV
Olam
−
29 dekabr 2023
5632Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatni boshqarar ekan, Isroil elchisi Anqaraga qaytmaydi. Bu haqda 28 dekabr, payshanba kuni Isroil Tashqi ishlar vaziri Eli Koen X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Chorshanba kuni Erdo‘g‘an Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni tanqid qilib, uni Adolf Gitlerga qiyoslagandi. Netanyaxu, o‘z navbatida, Erdo‘g‘an kurdlarning genotsidini uyushtirgani va uning rejimiga qarshi chiqqan jurnalistlarni hibsga olish bo‘yicha rekordchi ekanini iddao qilgan.
Isroil G‘azo sektorida quruqlikdagi to‘laqonli operatsiyani boshlaganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat keskin oshib ketdi. Harbiy harakatlar tinch Falastin aholisi orasida minglab qurbonlarga olib kelgan.
Shuningdek, Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning Isroil hukumatini mintaqadagi dushmanona taktikasi uchun javobgarlikka tortishga qat’iy sodiqligini bir necha bor ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan noyabr oyi boshida Turkiya Prezidenti devoni Kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Faxriddin Altun Isroil harbiylari tomonidan jurnalistlarning o‘ldirilishi va kaltaklanishini keskin qoralab chiqqan edi.
LiveBarchasi