Erdo‘g‘an Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni Uchinchi Reyx yetakchisi Adolf Gitlerga qiyosladi. Turkiya rahbarining so‘zlari bugun, 27 dekabr kuni “TRT Haber” telekanali orqali efirga uzatilgan.

Erdo‘g‘anning yana urg‘ulashicha, G‘arb davlatlari G‘azodagi genotsid siyosatiga ko‘z yummoqda.

“G‘azodagi hujumlar boshlanganidan beri 80 kun o‘tdi, bu vaqt davomida insoniyatning barcha qadriyatlari o‘qqa tutildi. Netanyaxu bugungi kunda sodir etgan xunrezliklari va Gitler 80 yil oldin qilgan jinoyatlar o‘rtasida hech qanday farq yo‘q”, degan Turkiya rahbari.

 Turkiya Prezidenti G‘azodagi fojia fonida G‘arbni yana noxolislikda aybladi. 

“Germaniya Gitlerning qilmishlari uchun hamon badal to‘layapti, shuning uchun jim. G‘arbning Isroildan qarzi bor, Turkiyaning qarzi yo‘q. Amerika Isroilga har tomonlama yordam beradi, bu yordam bilan Isroil G‘azo aholisini o‘ldirmoqda”, deya ta’kidladi Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an shu oy boshlarida Netanyaxu hokimiyatda qolish uchun butun mintaqani xavfga qo‘yayotgani haqida aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Isroil Bin'yamin Netan'yaxuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing