Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Armaniston ustidan g‘alabasidan g‘ururlanishini aytdi

Olam

image

Turkiya Ozarbayjonning Armaniston ustidan g‘alabasi va Qorabog‘da 30 yildan so‘ng tarixiy adolat tiklanganidan g‘ururlanadi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 3 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Ostonada bo‘lib o‘tgan 10-sammitidagi nutqida so‘z ochdi. 

Uning qayd etishicha, global muammolarga qarshi kurashda eng muhim kuch Turkiy dunyoning birligi, hamjihatligi va birdamligidir.

“Bu haqiqatni so‘nggi paytlarda duch kelgan ko‘plab voqealarda ko‘rdik va ko‘rishda davom etyapmiz. Vatan urushidan keyin Ozarbayjon Qorabog‘da 30 yildan beri davom etgan ishg‘olga barham berdi. Ushbu tarixiy yutuqdan biz katta faxr va iftixor hissini tuyamiz. Shu tariqa, mintaqamiz doimiy tinchlikka bir qadam yaqinlashdi”, deydi Erdo‘g‘an. 

Turkiya rahbariga ko‘ra, ochilgan imkoniyatlar derazasidan unumli foydalanish Turkiya va Turkiy dunyoning eng katta orzusidir.

U, shuningdek, Armanistonni Ozarbayjon va xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarishga chaqirdi. 

“Armanistonning Ozarbayjon oldidagi majburiyatlarini bajarishi muhim. Naxchivanni Ozarbayjonning g‘arbiy viloyatlari bilan bog‘laydigan transport liniyasini amalga oshirish ham katta ahamiyatga ega. Yo‘lning ochilishi mintaqadagi barcha davlatlarning farovonligiga katta hissa qo‘shadi va Turkiyani ham ota-bobolarimiz vatani Markaziy Osiyo bilan bog‘laydi. Turkiy dunyo o‘laroq bu jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun Ozarbayjonga yordamimizni davom ettirishimiz kerak”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu sammitda nutq so‘zlagan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat Armaniston ustidan qanday g‘alaba qozongani va uch yil ichida Qorabog‘ni qanday egallaganini aytib bergandi. Qolaversa, u O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Fuzuliyda maktab qurishda ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirdi

O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevga yuzlanib, Ozarbayjonni tarixiy adolat va mamlakatning hududiy yaxlitligi tiklangani bilan tabrikladi


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Qorabog' Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing