Erdo‘g‘an Ozarbayjonga boradi
Olam
−
25 Sentabr 2023
3832Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun, 25 sentyabr kuni Naxchivan avtonom respublikasiga boradi. Bu haqda NTV Haber ma’lum qildi.
Telekanal xabariga ko‘ra, davlat rahbarlari arman guruhlarini qurolsizlantirish masalasini muhokama qiladi. Shuningdek, kun tartibida Armanistonning Syunik viloyati orqali Naxichevan va Ozarbayjonni bog‘laydigan Zangezur yo‘lagi masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Yo‘lak 2020 yilning noyabr oyida uch tomonlama shartnoma imzolanganidan keyin ishga tushishi kerak edi, biroq u bo‘yicha kommunikatsiyalar ochilmagan.
Ma’lumot uchun, Naxichevan Ozarbayjonning qolgan qismidan Armaniston hududi bilan ajratilgan eksklav hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Ozarbayjonning (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shundan so‘ng Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Erdo‘g‘anga mamlakatini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. 20 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da aksilterror tadbirlar to‘xtatildi. Shu kuni Aliyev Erdo‘g‘an bilan telefon muloqotida mahalliy aksilterror tadbirlarning yakunlanishi, Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida noqonuniy guruhlarni qurolsizlantirish yuzasidan fikr almashildi.
LiveBarchasi