Erdo‘g‘an Mersni ogohlantirdi
Olam
−
20 iyun 26945 1 daqiqa
Isroil tomonidan Eronga uyushtirilgan hujum butun Yevropaga zarar yetkazadi. Bu haqda bugun, 20 iyun kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida aytib o‘tdi.
“Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro, ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. Prezident Erdo‘g‘an Isroil tomonidan boshlangan zo‘ravonlik zanjiri butun mintaqa va Yevropaga migratsiya oqimi hamda yadroviy yoqilg‘i sizib chiqish ehtimoli nuqtai nazaridan zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidladi. Prezident Erdo‘g‘an Turkiya mojaro to‘xtatilishi va barqarorlik tiklanishi uchun harakat qilayotganini, bu boradagi sa’y-harakatlar davom etishini bildirdi", deyiladi bayonotda.
Turkiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Erondagi yadroviy mojaroni hal qilish yo‘li faqat muzokaralar orqali o‘tadi, biroq hozirgi mojaro mintaqaviy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidni maksimal darajada kuchaytirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroil tomonidan hech qanday shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish Isroil-Eron mojarosiga barham berishning yagona yo‘li ekanini aytgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr