Erdo‘g‘an Meloniga chekishni tashlashni maslahat berdi (video)

Olam

image

Bugun, 13 oktyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Misrda G‘azo bo‘yicha sammit doirasida Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan suhbat chog‘ida hazillashib, u “ajoyib ko‘rinayotganini, ammo chekishni tashlashi kerakligini” aytdi. Bu haqda “İhlas” xabar berdi.

Meloni Erdo‘g‘anga ularning samolyoti Sharm-al-Shayx aeroportiga bir vaqtning o‘zida kelganini aytgan.

“Sen ajoyib ko‘rinyapsan, ammo men seni chekishni tashlashga majbur qilishim kerak,” deydi Erdo‘g‘an Meloniga.

Italiya Bosh vaziri jilmayib javob qaytargan.

“Bilaman, bilaman. Men hech kimni o‘ldirmoqchi emasman”, degan u.

Ularga yaqin turgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa jilmaygancha: “Bu imkonsiz” degan.

Qayd etish joiz, bugun, 13 oktyabr kuni Misrning Sharm-al-Shayx shahrida G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish bo‘yicha sammit bo‘lib o‘tmoqda. Unda 20 dan ortiq mamlakat rahbarlari ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Emmanuel Makron Fransiya G‘azoni boshqarishda Falastin ma’muriyati bilan birga “alohida rol” o‘ynashi haqida aytgan edi. Uning aytishicha, Parij Falastin ma’muriyati kelajak uchun zarur islohotlarni amalga oshirishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Emmanuel' Makron Jorja Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing