Erdo‘g‘an masjidga aylantirilgan Ayya Sofiya qachon ochilishini aytdi

Olam

image
Dunyoning eng tarixiy cherkovi yana masjidga aylanishi mumkin north_east

Dunyoning eng tarixiy cherkovi yana masjidga aylanishi mumkin

Qaytadan masjidga aylantirilgan Istanbul shahridagi Ayya Sofiya (Avliyo Sofiya) ikki haftadan so‘ng ibodat uchun ochiladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.

“24 iyul juma kuni Juma namozi bilan birgalikda Ayya Sofiyani ibodatlar uchun ochishni rejalashtiryapmiz”, dedi Erdo‘g‘an telemurojaati davomida.

Erdo‘g‘an shuningdek, turli din vakillari ham Avliyo Sofiyaga kiritilishini qo‘shimcha qildi. U inshootni ichki tomonida kamchiliklar borligini, ularni 6 oy davomida ta’mirlanib, nihoyasiga yetkazilishini ta’kidlab o‘tdi.

U barchani bu qarorni hurmat qilishga chaqirdi. Erdo‘g‘an xalqaro maydonda yangragan har bir fikr eshitilishini aytib o‘tdi.

“Biroq Ayya Sofiyaning nima maqsadda foydalanilishi mamlakatimizning suveren huquqi hisoblanadi. Respublikaning bayrog‘i, poytaxti, dini, chegaralari, 81 viloyati nima bo‘lsa, Ayya Sofiyaning masjidga aylantirilishi ham shudir”, dedi Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 iyul kuni Turkiya Davlat kengashi (Oliy sudi) Ayya Sofiyaga muzey maqomi berilgan 1934 yildagi Mustafo Kamol Otaturkning farmoyishini bekor qildi. Uning ortidan Erdo‘g‘an Ayya Sofiyani masjidga aylantirish to‘g‘risida qarorni imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya masjid Ayya Sofiya

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing