Erdo‘g‘an Istanbuldagi kelishuv ishtirokchilarini shartlarni bajarishga chaqirdi

Olam

image

Ukraina donini dunyo bozoriga yetkazish bo‘yicha Istanbulda imzolangan kelishuv ishtirokchilar uning shartlariga rioya qilishi va majburiyatlariga sodiq bo‘lishi kerak. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an shunday chaqiriq bilan chiqdi.

Turkiya rahbari TRT telekanali orqali so‘zlagan nutqida, g‘alla masalasida olib borilgan intensiv muloqot natijasida Turkiya Ukraina g‘allasini Qora dengiz orqali jahon bozorlariga xavfsiz eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lganini aytdi.

Davlat rahbarining fikricha, rejaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi jiddiy tus olgan global oziq-ovqat inqirozi oqibatlarini kamaytirishni boshlaydi.

Erdo‘g‘an Anqaraning ushbu tarixiy muvaffaqiyatga qo‘shgan hissasi Turkiyaning global muammolarda o‘ynay oladigan rolining ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidladi. Turkiya rahbarining fikricha, don yo‘lagi jarayoni hamon nozik va kelishuvning barcha tomonlari mas’uliyat bilan yondashishi kerak.

“Har kim o‘z majburiyatlariga muvofiq harakat qilishi, shuningdek, imzolangan kelishuvga zid bo‘lgan harakatlardan qochishi kerak”, deya ta’kidlagan Erdo‘g‘an Odessa portiga qilingan hujumlarga e’tibor qaratib.

Turkiya yetakchisi Anqara ushbu kelishuvni amalda uning barcha elementlari bilan amalga oshirish tarafdori ekanligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing