Erdo‘g‘an futbolni siyosatdan ustun qo‘ydi. U Yevro-2024'ni ko‘rish uchun Germaniyaga boradi
Sport
−
04 iyul
14385Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitidagi ishtirokini bekor qildi. U 6 iyul kuni Berlinda bo‘lib o‘tadigan Turkiya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining chorak final o‘yiniga shaxsan tashrif buyurish niyatida. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Erdo‘g‘an Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) milliy terma jamoa futbolchisi Merih Demiralga nisbatan tergov ochgani sababli mavjud mojarolarni bartaraf etish yuzasidan ham Germaniyaga borish qaroriga kelgan.
Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an Germaniyaga ushbu voqeadan so‘ng turk fuqarolarining ruhiyatini ko‘tarish uchun boradi. Hozircha Prezident tomonidan bu rejalar haqida rasmiy bayonot berilmagan.
TDT sammiti 6 iyul kuni Shusha shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Turkiya terma jamoasi 3 iyul kuni Yevropa chempionati 1/8 finalida Avstriya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Demiral dublga erishdi. Ikkinchi goldan so‘ng futbolchi bo‘ri shaklidagi ishorani ko‘rsatdi, bu esa UEFA tomonidan futbolchiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya IIV rahbari Demiralning harakatini tanqid qilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi