Erdo‘g‘an endi Isroilga qarshi 2 mingdan ortiq advokatni yoniga oldi

Olam

image

2 mingdan ortiq advokat Isroilning G‘azo sektorida sodir etgan jinoyatlari uchun turli organlarga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. 

“2 mingdan ortiq advokat ishtirokida G‘azodagi genotsid uchun kerakli joylarga shikoyat yuboramiz. Sodir etilgan jinoyatlar uchun to‘lanadi, biz buni kuzatib boramiz”, deydi Turkiya rahbari. 

U yana Isroilni Falastin anklavidagi agressiv harakatlari uchun “terrorchi davlat” deb atadi.

Turkiya parlamentining hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan sobiq deputati Metin Kulunk, advokatlar Mukahit Birinji va Burak Bekiro‘g‘li shu haftada Istanbul prokuraturasiga Xalqaro jinoiy sud (XJS) ga Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga qarshi bayonot yuborish talabi bilan murojaat qilgan. Murojaatda u insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgani, butun dunyo oldida urush va genotsid qilgani va endi xalqaro jinoiy me’yorlar ostida sudlanishi kerakligi ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, Turkiya XJSga murojaat qilishi mumkin emas, chunki u Rim statutini imzolamagan. Biroq, Anqara davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari orqali Gaagadagi sud prokurori idorasini jinoyatlar haqida xabardor qilishi mumkin.

Rim statuti XJSni tashkil etgan xalqaro shartnoma bo‘lib, uning nizomi bo‘lib xizmat qiladi. Sudning vakolatlariga genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va tajovuz uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish kiradi. XJSning yurisdiksiyasi 2002 yil 1 iyuldan keyin Rim statutining ishtirokchisi bo‘lgan davlat hududida sodir etilgan jinoyatlarga va boshqa har qanday davlat hududida ushbu davlatlar fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi. Agar hududida jinoyat sodir etilgan davlat nizom ishtirokchisi bo‘lmasa yoki uning fuqarolari og‘ir jinoyatlarda gumon qilinsa, BMT Xavfsizlik Kengashi jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun mandat berishi mumkin. Isroil Rim statutining ishtirokchisi emas.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bangladesh, Boliviya, Jibuti, Komor orollari va Janubiy Afrika Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumlarini tergov qilishni talab qilib, Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuraturasiga murojaat qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Isroil G'azo XJS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing