Erdo‘g‘an Baydenga Rossiya quroli bo‘yicha Turkiyaning pozitsiyasini ma’lum qildi

Olam

image

Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimi yetkazib berilishi bo‘yicha Turkiyaning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kecha, 14 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti doirasida AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tdi.

Prezident Erdo‘g‘an AQSH rahbari Jo Bayden bilan uchrashuvni “konstruktiv” deya ta’rifladi. 

“Biz o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik qilish yo‘llarini konstruktiv ravishda muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik”, deydi u.

Turkiya Prezidenti AQSH prezidenti bilan uchrashuv natijalarini, shu jumladan Anqara va Vashington o‘rtasidagi kelishmovchiliklar doirasida fikr bildirdi:

“S-400 yetkazib berilishi bo‘yicha Turkiyaning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda — u qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Men mamlakatimiz mavqeini janob Prezident [Jo Bayden]ga yetkazdim. Xuddi shu narsa F-35 dasturiga ham tegishli. Biz Bayden bilan ikki ittifoqchi va strategik sheriklarga mos keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot kanallaridan samarali va muntazam ravishda foydalanishga kelishib oldik”.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiya-Amerika munosabatlarida birorta o‘z yechimini topmagan muammo yo‘q. Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami kelishmovchiliklarga qaraganda ancha kengroq va qimmatliroq.

Turkiya lideri Baydenni Turkiyaga taklif qilganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Turkiyaga tashrif buyurishi mumkinligini ta’kidlagan.

AQSH, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi qurol mojarosi

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning dekabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa to‘plamlarini sotib olgani uchun mamlakatning Mudofaa sanoati boshqarmasi va uning rahbari Ismoil Demirga qarshi sanksiyalar kiritgandi.

Shundan so‘ng, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiyaning S-400 zenit to‘plamlarini sotib olgani sababli Turkiyaga qarshi kiritilgan AQSH sanksiyalarini Respublikaning suveren huquqlariga qarshi hujum deb atadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiya bilan Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olishidan keyin yuzaga kelgan vaziyatni hal qilish uchun ishchi guruh tuzmoqchi emasligini ma’lum qildi. AQSHning Turkiyadagi elchisi Devid Satterfild Vashington sanksiyalarni joriy etishga afsus bilan yetib borganini ta’kidlagan, chunki S-400 bilan bog‘liq vaziyat bir yildan ko‘proq davom etgan va hech qachon hal qilinmagandi.

Keyinchalik, Turkiya Prezidentining Matbuot kotibi Ibrohim Kalin AQSHni rasmiy Anqara Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini sotib olgani uchun bosim o‘tkazi qanday oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.

Joriy yilning may oyi boshida Turkiya AQSH bilan F-35 qiruvchisi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlagani haqida xabar berildi. Keyinchalik AQSH Turkiyaga Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olishda alternativa taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Erdo'g'an Bayden

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing