Erdo‘g‘an afg‘on xalqi bilan bog‘liq yangi muammo avj olishidan ogohlantirdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashuvi fonida mamlakatda yangi migratsiya to‘lqini boshlanishi mumkinligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Turkiya Eron hududi orqali kirib kelgan afg‘on muhojirlari oqimiga duch keldi. Endi esa Afg‘onistondan kirib kelayotgan yangi migratsiya to‘lqini xavfiga duch kelishimiz mumkin. Biz bu mamlakatda barqarorlikni saqlab qolish uchun harakatlarimizni davom ettiramiz",  dedi Erdo‘g‘an Istanbulda so‘zlagan nutqida. 

Ma’lumot uchun, kecha Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyati o‘rnatildi. Harakat butun mamlakat nazoratiga o‘tganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, Prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi. Ammo hozircha u qayerga ketgani noma’lum.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, muvaqqat hukumatga sobiq Ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloli rahbar etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkiya migrantlar

Baholaganlar

1166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing