Erdo‘g‘an 5 mart kuni Moskvaga kelmoqda. Turkiya-Rossiya pozitsiyalari o‘zgaradimi?

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 5 mart kuni Rossiyaga tashrif buyuradi. Bugun, 2 mart kuni “Reuters” agentligining ma’lum qilishicha, ushbu xabarni Erdo‘g‘an ma’muriyati tasdiqlagan.

Ma’lum qilinishicha, tashrif bir kunlik bo‘ladi.

Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prezidentlarning bo‘lajak muzokaralaridagi pozitsiyasi haqida gapirar ekan, “Moskva “Sochi bitimi”ga sodiqligini, Suriyaning hududiy yaxlitligini himoya qilishini, Rossiya terrorchilar, terrorchi guruhlar va terrorizmga qarshi kurashda Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashini" aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi muzokaralarda Rossiyaning pozitsiyasi "o‘zgarmas" bo‘ladi. 

"Bu turli darajalarda Prezident Putin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan bildirilgan, shuningdek, so‘nggi kunlarda turkiyalik hamkasblar bilan ishlangan bir xil pozitsiya”, degan Kreml vakili.

Rossiya va Turkiya rahbarlari 28 fevral kuni telefon orqali suhbat qilib, Suriyaning shimoli-g‘arbidagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlashdi. Kreml matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar idoralararo maslahatlashuvlarni faollashtirishga va sammit o‘tkazish imkoniyatlarini ishlab chiqishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made