Erdo‘g‘an hech qachon HAMASni terrorchi tashkilot sifatida tan olmasligini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an HAMASni terrorchi tashkilot sifatida tan olmasligini, hattoki kelajakda bu haqda o‘ylashi mumkin emasligini aytdi. Bu haqda u Dubayda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasidan (COP28) qaytayotganida so‘z ochgan.

"HAMAS terrorchi tashkilot emas. Ular 1947 yildan to shu kungacha o‘z yerida bosqinchilarga qarshi kurashayotgan odamlar. Hozir men ham xuddi shunday pozitsiyadaman. Men hech qachon HAMASni terrorchi tashkilot deb tan olmayman. Kim nima desa ham", deydi Erdo‘g‘an.

U AQSH Moliya vazirining terrorizmga qarshi kurash va moliyaviy razvedka bo‘yicha maslahatchisi Brayan Nelsonning shu hafta Anqaraga tashrifi chog‘ida Turkiyaning HAMASga nisbatan pozitsiyasidan noroziligiga o‘z munosabatini bildirgan.

Shuningdek, Erdo‘g‘an 20 yil avval Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk safari chog‘ida yahudiy jamiyati vakillari bilan uchrashuvda undan HAMASga munosabati haqida so‘ralganini esladi. 

“Siz PKK (Turkiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan), FETO (AQSHda yashovchi va’zxon Fathulloh Gulen boshchiligidagi Anqara tomonidan tan olingan terrorchilik tashkiloti)ni mukofotlagan va hatto ularni Oval ofisda qabul qilgan holda, bizdan HAMASga nisbatan yomon munosabatni kuta olmaysiz. Men buni imon va vijdon bilan bog‘lay olmayman. Men Amerikadagi kabi emas, HAMAS va FATH (Falastin ozodlik harakati) dagi odamlarni juda yaxshi bilaman. HAMAS birinchi navbatda Falastinning haqiqati, bu siyosiy partiya, siyosiy partiya sifatida u saylovlarda qatnashgan va g‘alaba qozongan”, degan Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb, ayniqsa, Qo‘shma Shtatlar doimo HAMASni terrorchi tashkilot sifatida ko‘rsatib keladi. Uning ta’kidlashicha, Anqaraning tashqi siyosati Turkiya Respublikasi manfaatlari va xalqining umidlariga muvofiq ravishda qurilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Moliya vaziri o‘rinbosari Brayan Nelson 30 noyabr kuni Turkiya rasmiylari bilan AQSHning HAMAS Turkiyada mablag‘ yig‘ayotgani, ehtimol bu mamlakat qonunlarini buzayotgani haqidagi chuqur xavotirlarini muhokama qilganini aytgandi. Oq uy esa Turkiyaning HAMAS bilan yaxshi munosabatlari sabab turk shirkatlari va shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorligini bildirib, Anqarani ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing