Akalar bor bo‘lsin! Lukashenko Putin bilan kelishib oldi

Olam

image

Rossiya Belarusga tashqi tahdid yuzaga kelsa, birinchi so‘rovning o‘zidayoq mamlakat xavfsizligi uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqad Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Mudofaa vazirligining strategik boshqaruv markazidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.

“Bugun (kecha, 15 avgustda) Rossiya Prezidenti bilan vaziyat yuzasidan uzoq suhbatlashdik. Aytishim kerakki, mutlaqo bo‘layotgan ishlarga bag‘ishlangani meni biroz hayratlantirdi. Biz u bilan kelishib oldik: birinchi so‘rovimizdayoq Belarus xavfsizligini ta’minlash uchun har tomonlama yordam ko‘rsatiladi”, degan Lukashenko.

U harbiy tuzilma haqida gap ketganda Rossiya bilan Ittifoqdosh davlat shartnomasi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) borligini eslatib qo‘ydi.

“Shu vaziyatlar mana shu shartnomaga mos”, deydi Aleksandr Lukashenko.

Avvalroq, Putin va Lukashenko telefon orqali muloqot qilgani va unda Belarusda davom etayotgan noroziliklar muhokama etilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda amaldagi Prezident Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi va oltinchi muddatga saylandi. Ammo o‘sha kuni Minskda va boshqa shaharlarda norozilikl namoyishlari boshlandi. Shundan beri har kuni mamlakatda namoyishlar o‘tkazilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko saylovdan oldin xalqiga va parlamentga yo‘llagan murojaatda Putinni o‘ziga aka ekanini, shunga yarasha u to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi va qo‘llashi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

487

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing