Enrike “Chelsi”dan norozi bo‘ldi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi va “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike Frenk Lempardning “Chelsi” bosh murabbiyi etib tayinlanganidan hafsalasi pir bo‘ldi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi”ning top-menejmentidan umidvor bo‘lgan Enrike Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalida “Real”ga qarshi o‘yin oldidan jamoani boshqarishga juda qiziqgan va Lempardning mavsum oxirigacha vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanganidan hafsalasi pir bo‘lgan.

Ta’kidlash joiz, “Chelsi” mavsum boshidan buyon ikki marta murabbiy o‘zgartirdi. Dastavval klubni germaniyalik Tomas Tuxel boshqarayotgandi. Keyinroq rahbariyat uning o‘rniga angliyalik Grem Potterni olib keldi. Potter ham jamoa natijalarini yaxshilay olmagach, Lempard murabbiy etib tayinlandi, ammo Frenk mavsum oxiriga qadar jamoa postida ish olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Luis Enrike

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing