Luis Enrike Dembeleni jamoadan ketishini talab qildi – OAV
Sport
−
11:49 2342 1 daqiqa
Fransiyaning PSJ jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike 2026 yil yozida amaldagi “Oltin to‘p” sohibi Usmon Dembelening klubdan ketishini talab qildi. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Dembele PSJdan ketgan taqdirdagina klubdagi faoliyatini davom ettirish sharti qo‘ygan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro bir qator kelishmovchiliklardan so‘ng yuzaga kelgan. Jumladan, Dembelening mag‘lubiyatdan keyingi bahsli fikrlari va jamoa muhitiga salbiy ta’siri murabbiyga yoqmagan. Enrike fikricha, jamoaviy intizom shaxsiy yutuqlardan ustun gap, hatto “Oltin to‘p” sohibi haqida gap ketayotgan bo‘lsa ham.
Klub rahbariyati vaziyatni yumshatish maqsadida futbolchiga shartnomani 2028 yilgacha uzaytirishni taklif qilgan. Biroq, Dembele yiliga 60 million yevro maosh talab qilgan va bu summa klub tomonidan haddan tashqari yuqori deb topilgan. Natijada, tomonlar murabbiy vakolatlarini qo‘llab-quvvatlash yoki yulduz futbolchini saqlab qolish tanlovi qarshisida qolgan.
Ayni paytda Dembele transfer variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Uning holatini Yevropaning yetakchi klublari hamda arab jamoalari diqqat bilan kuzatib bormoqda. 2026 yil yozi futbolchining kelajagi uchun hal qiluvchi bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Dembele parijliklar safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi