Luis Enrike PSJ bilan shartnomasini uzaytirdi
Sport
−
10:38 249 1 daqiqa
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi. 56 yoshli ispaniyalik mutaxassis parijliklar jamoasini 2023 yil yozida qabul qilib olgan.
Enrike bilan shartnoma uzaytirilishi bilan bir qatorda PSJ besh nafar futbolchisi – Lukas Beraldo, Senni Mayyulu, Joau Nevesh, Villian Pacho va Fabian Ruis bilan ham yangi bitimlarga erishdi.
Enrike qo‘l ostida “Pari Sen-Jermen” klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrlardan birini o‘tkazdi. Jamoa uch marta Fransiya chempionati va Superkubogida, ikki martadan Fransiya Kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Shuningdek, parijliklar UEFA Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Enrike faoliyati davomida “Roma”, “Selta” va “Barselona” klublari, shuningdek, Ispaniya milliy terma jamoasini boshqargan.
Live
Barchasi