Eng yaxshi futzalchi va murabbiy nomi e’lon qilindi

Sport

image

Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uz Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin” (Jizzax) klubi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi. Uning qo‘l ostida O‘zbekiston futzal terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatining guruh bosqichidan pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

 

Jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, Futzal bo‘yicha Jahon chempionati va O‘zbekiston chempionatida yorqin o‘yinlar namoyish etgan “Huaxin” (Jizzax) klubi futzalchisi Dilshod Rahmatov “Yilning eng yaxshi futzalchisi”, deb topildi. Davron Choriyev, Husniddin Nishonov yakuniy nomzodlar uchligidan o‘rin olgan edi.

Shuningdek, “Neftchi” klubi futbolchisi Marko Obradovich “Pro Liganing eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo‘lga kiritdi. U joriy mavsumda 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol kiritgan holda jamoasining Superligaga qaytishiga katta hissa qo‘shdi.


Maqola muallifi

Teglar

Uz Football Awards-2021

Baholaganlar

12

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing