Ayollar Oliy ligasi to‘purari va eng yaxshi murabbiy aniqlandi
Sport
−
25 dekabr 2021
2605Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uz Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi” va to‘purari sovrini O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchisi va “So‘g‘diyona-W” safida chempionat to‘purari Diyora Xabibullayevaga nasib etdi.
Xabibullayeva jizzaxliklar safida joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 32 ta gol urishning uddasidan chiqdi. Bu borada u 31 ta gol urgan jamoadoshi ganalik Fuseyna Mumuni hamda 30 ta gol urgan “Bunyodkor-W” a’zosi Dildora Nozimovani ortda qoldirishga erishdi.
Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi” sifatida Sherali Boboqulov tan olindi. U ushbu mavsumda “So‘g‘diyona-W” jamoasi bilan birgalikda Oliy liga oltin medali va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, joriy mavsumda xalqaro maydonlarda uchrashuvlar boshqarish bo‘yicha yetakchiga aylangan mutaxassis, 2021 yilda Osiyo chempionlar ligasi, Jahon chempionati saralashining eng muhim uchrashuvlari, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Kuvayt chempionati bahslarida ishlagan referi – Ilgiz Tantashev “Yil hakami” sovriniga loyiq ko‘rildi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar