Ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchi va murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi

Sport

−

image

Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uz Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

“O‘zbekistonning eng yaxshi ayollar murabbiyi” sifatida yosh iqtidorlarni katta futbolga yetkazib berishda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan mutaxassis – Ilhom Hanjariyev, deb topildi. 

“Bunyodkor-W” ayollar jamoasi bilan birgalikda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan futbolchi – Dildora Nozimova “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ayollar futboli bo‘yicha “Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi” va to‘purari sovrini O‘zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchisi va “So‘g‘diyona-W” safida chempionat to‘purari Diyora Xabibullayevaga nasib etgan edi.

Shuningdek, bir necha yildan buyon OKMK (Olmaliq) U-21 jamoasi bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurashib kelayotgan mutaxassis A’zam Sherg‘oziyev “O‘zbekistonning eng yaxshi yoshlar murabbiyi” sovrini bilan taqdirlandi. Sherg‘oziyev ushbu mavsumda jamoasi bilan tarixda ilk bor U-21 chempionati g‘olibiga aylandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing