Yilning eng yaxshi futbol jurnalisti ma’lum bo‘ldi
Sport
−
25 dekabr 2021
2821Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uz Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Yil davomida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zPFL bayrog‘i ostida tashkil etilgan musobaqalar va futbolning ommaviylik darajasini oshirishda o‘z hissasini qo‘shayotgan 20 yoshli Faxriddin Ro‘ziyev “eng yaxshi futbol jurnalisti” sovriniga munosib deb topildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assotsiatsiyasi esa “eng yaxshi hududiy futbol assotsiatsiya” sovrini bilan taqdirlandi.
“Muxlislar mehri” mukofoti joriy mavsumda O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlashda namuna ko‘rsatgani va futbol ommaviyligini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun “Andijon” fan-klubiga topshirildi.
LiveBarchasi