Superligada eng yaxshi futbolchi, to‘purar va murabbiy nomi ma’lum bo‘ldi

Sport 1602
image

Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uz Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

Joriy mavsumda “Nasaf” safida 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan futbolchi, O‘zbekiston kubogi sohibi Husain Norchayev Superliganing joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bundan tashqari eng yaxshi yosh futbolchi sifatida ham e’tirof etildi.

“Paxtakor” bilan birgalikda O‘zbekiston Superligasi chempioniga aylangan, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri – Dragan Cheran 16 gol va 4 ta golli uzatma evaziga chempionat to‘purariga aylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Superligasining ushbu mavsumdagi chempioni va O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi – Piter Xyuistra “Eng yaxshi murabbiy” sovriniga loyiq ko‘rildi.

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 38
Reyting: 2.8
t
×