Eng ishonchli kasblar reytingi tuzildi
Bu qiziq
−
15 Oktabr 2021
10514Ipsos kompaniyasi 2018 yildan hozirgi kungacha tuzib kelayotgan turli kasb vakillariga ishonch darajasini ko‘rsatuvchi uchinchi “Global Trust Rating”ni taqdim etdi. So‘rov joriy yilning aprel-may oylarida dunyoning 28 mamlakatida o‘tkazilgan.
Joriy yilda turli kasb vakillariga bo‘lgan ishonchning global reytingi quyidagicha (foizlarda):
Qayd etish joizki, pandemiya tufayli shifokorlar, avvalari eng ishonchli bo‘lgan olimlarni ikkinchiga tushirib, reytingda birinchilikni qo‘lga kiritishdi. Agar 2019 yildagi reyting bilan solishtiradigan bo‘lsak, shifokorlarga ishonch 7 foizga, 2018 yildan esa 9 foizga oshgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, britaniyaliklar (72 foiz), gollandiyaliklar (71 foiz) va kanadaliklar (70 foiz) shifokorlarga ishonishadi. Janubiy Koreyada esa shifokorlarga bo‘lgan ishonch juda past (38 foiz). Faqatgina Meksika shifokorlarga bo‘lgan ishonch 2019 yilga nisbatan pasaygan yagona mamlakatga aylangan – 71 foizdan 66 foizgacha. Olimlarga bo‘lgan ishonch 2 foizga oshgan (2018-2019 yillarga nisbatan 59 foizdan 61 foizgacha).
LiveBarchasi