Eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatida O‘zbekiston natijasini yaxshilab oldi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan aholisi eng baxtli kishilar bo‘lgan mamlakatlar reytinggi e’lon qilindi. Bu haqda “World Happiness Report” hisobotida so‘z yuritilgan.

Finlyandiya uchinchi bor ro‘yxat yetakchiligini qo‘lga kiritdi. Birinchi kuchli o‘nlikka Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Lyuksemburg kirdi. 

AQSH 18-o‘rinni qayd etgan bo‘lsa, Germaniya esa 17-o‘rinni band etdi. Buyuk Britaniya va Fransiya mos ravishda 13- va 23- o‘rinlarni band etdi.

O‘zbekiston 2019 yilgi natijasini yaxshilab, 38-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Janubiy Koreya, Polsha, Portugaliya, Litva, Eron singari davlatlari ortda qoldirgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida peshqadam bo‘lgan. 

BMT talqini bo‘yicha jahonda eng baxtsiz davlatlar deya – Afg‘oniston, Janubiy Sudan, Zimbabve, Ruanda, Markaziy Afrika Respublikasi, Tanzaniya, Botsvana, Yaman, Malavi va Hindiston hisoblangan.

World Happiness Report hisoboti BMT tomonidan har yili e’lon qilib boriladi. Baholashda 156 davlatning umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korrupsiya va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olinadi. Reyting ilk bor 2012 yilda e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston BMT

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing