Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilindi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida g‘isht ishlab chiqarish gaz quvuriga noqonuniy ulanib, 4,3 million kub metr gazni talon-toroj qilgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda Tabiiy gaz va ko‘mir ta’minotida noqonuniy xarakatlarga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Muborakda g‘isht ishlab chiqarish zavodi yer ostidan o‘tgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, 4,3 million kub metr gazni talon-toroj qilgan. Bu 8 mingta xonadonning bir oylik gaz ta’minotidir.

Shuningdek, joriy yilda 74 ta tumandagi yirik gaz tarmoqlariga zamonaviy o‘lchagichlar o‘rnatilgani natijasida 2 mingdan ziyod ulgurji iste’molchilar tomonidan 7 million kub metr tabiiy gaz noqonuniy o‘zlashtirilgani aniqlangan.

Yig‘ilishda shulardan kelib chiqib, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bildirildi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing