Energetika va infratuzilmaga o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldik – Tramp

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan energetika va infratuzilma masalalarida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganini aytdi. Bu haqda u kecha, 18 mart kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Tramp Rossiya Prezidenti bilan telefon muloqoti juda “yaxshi va samarali” bo‘lganini ta’kidladi.

“Biz energetika va infratuzilmaning barcha sohalarida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldik”, deb yozadi u.

To‘liq va keng qamrovli o‘t ochishni to‘xtatish uchun jarayonda boshqa muzokaralar davom etishini ta’kidlagan Tramp “Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va oxir-oqibat urushni tugatish uchun birgalikda harakat qilish”ga kelishib olganini qo‘shimcha qildi.

“Agar men Prezident bo‘lganimda bu urush hech qachon boshlanmasdi! Tinchlik shartnomasining ko‘plab elementlari muhokama qilindi, shu jumladan, minglab askarlar halok bo‘layotgan. Prezident Putin ham, Prezident Zelenskiy ham buning tugashini xohlaydi. Bu jarayon hozir ishlayapti, umid qilamanki, insoniyat uchun bu ishni yakunlaymiz”, dedi Tramp.

Oq uy, o‘z navbatida, tomonlar Rossiya-Ukraina urushi “uzoq muddatli tinchlik” bilan yakunlanishi va keng qamrovli muzokaralar davom etishi kerakligi haqida kelishib olganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18 mart kuni Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgandi. Suhbat Moskva vaqti bilan taxminan soat 17:00 da boshlangan va ikki yarim soat davom etgan. Muloqot davom etayotgan paytda Oq uy apparati rahbarining o‘rinbosari Den Skavino uni “yaxshi o‘tmoqda” deb ta’kidlagan. Muloqotda Donald Tramp tomonlar o‘rtasida 30 kun davomida energetika infratuzilmasiga zarba berishdan voz kechish taklifini ilgari surgan. Vladimir Putin bu tashabbusga ijobiy munosabat bildirgan va Rossiya harbiylariga tegishli ko‘rsatmalar bergan. Shuningdek, ular Yaqin Sharq mintaqasini kelajakdagi mojarolarning oldini olish uchun hamkorlik maydoni sifatida muhokama qilgan hamda strategik qurollarning tarqalishini to‘xtatish zarurligini ta’kidlab, ushbu masalada keng qamrovli choralar ko‘rish uchun boshqa tomonlar bilan hamkorlik qilishga kelishib olgan.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing