Endilikda turmush o‘rtog‘ini haqoratlagan er yoki xotin jarimaga tortiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda BMTning Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qo‘mitasining tavsiyalari asosida oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.

Endilikda er yoki xotin turmush o‘rtog‘ining o‘z huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa yoki tahqirlasa, qo‘rqitsa, yaqin qarindoshlardan ajratib qo‘ysa, qilmishning og‘irlik darajasidan kelib chiqib, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Masalan, shaxs o‘z turmush o‘rtog‘ini haqoratlab, qadr-qimmatini tahqirlasa 6 mln so‘m jarimaga tortilishi, g‘arazli niyatlar bilan kaltaklab, badaniga og‘ir tan jarohati yetkazsa 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021-2022 yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oiladagi kamsitishlar bo‘yicha 72 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 61 mingdan (85 foiz) ortig‘i xotin-qizlarning kamsitilishiga taalluqli bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston BMT er-xotin ma'muriy javobgarlik jinoiy javobgarlik maishiy zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing