Uzcard va Humo kartalarining integratsiyasi may oyida yakunlanishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining bankomatlarini integratsiya qilinishi mumkin.

Natijada endi Respublikaning barcha hududlarida, HUMO bankomatlaridan UzCard kartalari orqali, UzCard bankomatlaridan Humo kartalari orqali naqd pul yechish imkoni paydo bo‘ladi. Bu haqda bugun, 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bankomatlarni integratsiya qilish ishlari 2023 yil may oyigacha yakunlanishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, integratsiya ishlari 2021 yilda boshlangan bo‘lib, dekabr oyida HUMO va UZCARD to‘lov tizimlarining o‘zaro integratsiyalashuv birinchi bosqichi yakunlangan edi.

Eslatib o‘tamiz,   respublikada HUMO kartalarining ishlamay qolishi bilan bog‘liq muammolar tez-tez sodir bo‘lib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzcard Humo integratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing