Uzcard rahbari o‘zgardi
Jamiyat
−
19 avgust 2020
11154Dilshod Ikromov “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJga (Uzcard) yangi rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrida ko‘rsatilgan.
Dilshod Ikromov ilgari Markaziy bankning axborot texnologiyalari bo‘limini boshqargan va HUMO to‘lov tizimi rahbarining o‘rinbosari vazifasida ham ishlagan.
Uzcard’ning sobiq rahbari Axror Mahmudov uni 2017 yil oktyabridan beri boshqarib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, avgust oyi boshida Uzcard kompaniyasida muassislar o‘zgarib, boshqaruv ulushi 51 foiz ulushga ega bo‘lgan Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankiga qaytarilgandi.
LiveBarchasi